17:15 / 23.05.2015
1944

Jahon chempioni Uaylder rossiyalik Povetkin bilan jang qilishga tayyorligini ma'lum qildi

Butunjahon boks kengashi (WBC) talqini bo‘yicha jahon chempioni Deontey Uaylder rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin bilan jang qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

“Unvonimni himoya qilish uchun Aleksandr bilan jang qilishni intiqlik bilan kutib qolaman”, deb aytdi amerikalik bokschi.

“R-Sport” agentligining ma'lum qilishicha, Uaylder va Povetkin o‘rtasida jangni uyushtirishga “Mir boksa” rus promouterlik kompaniyasi va uning rahbari Andrey Ryabinskiy qiziqish bildirmoqda. Ryabinskiyning fikricha, bu jangni AQShda o‘tkazish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 22 mayda Povetkin Moskvada kubalik Mayk Peres ustidan g‘alaba qozonib, Uaylder bilan jang o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Rossiyalik bokschi 1-raundning o‘zidayoq raqibini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Uaylder joriy yilning yanvar oyidan WBC chempionlik kamari egasi hisoblanadi. O‘shanda u 12-raundlik jangda kanadalik Bermeyn Stivern ustidan ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangandi. Uaylderning hisobida 33 ta jangdan 33 ta g‘alaba bor. Diqqatga sazovor joyi shundaki, AQShlik bokschi rossiyalik bokschidan ancha balandroq bo‘yga ega (2,01 metrga qarshi 1,88 metr).

Top