14:59 / 24.05.2015
2004

"Arsenal" Amerika Kubogi o‘yinlaridan keyin Vidal bilan shartnoma imzolaydi

"Arsenal" jamoasi "Yuventus"ning chililik yarimhimoyachisi Arturo Vidalni yozgi trasferlar vaqtida sotib olishi mumkin. Bu haqda DIRECTV Sports nashri jurnalisti Ernan Feler xabar qilgan.

Uning bergan axborotiga ko‘ra, ushbu futbolchining transferi u Amerika Kubogi o‘yinlaridan qaytib kelganidan so‘ng e'lon qilinadi.

Amerika Kubogi o‘yinlarining guruh bosqichi 22 iyungacha davom etadi va final o‘yini 5 iyul kuni o‘tkaziladi.

Top