17:00 / 24.05.2015
2318

Krishtianu Ronaldu: Umid qilamanki, kelasi mavsum ham Anchelotti bilan birga ishlaymiz

“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan kelasi mavsum ham birga ishlash niyatida ekanini aytib o‘tdi.

“Anchelotti ajoyib murabbiy va ajoyib inson. Umid qilamanki, u bilan kelasi mavsum ham birga ishlaymiz”, - deb yozadi Ronaldu o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Real" klubi tez orada Anchelottining iste'fosi haqida e'lon qilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi.

Manba: uff.uz

Top