11:40 / 24.05.2015
2292

Mino Rayola: Qaysi jamoa ko‘p pul to‘lasa, Pogbani o‘sha yerga olib boraman

"Yuventus” klubining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola uning mijozi kim ko‘p pul to‘lasa, o‘sha klubda o‘ynashini aytib o‘tdi.

“Pogba qaysi jamoaga o‘tadi? Qaysi jamoa ko‘proq pul to‘lasa, mening mijozim o‘sha jamoada to‘p suradi”, - deydi Rayola.

Eslatib o‘tamiz, Pogbaga “PSJ” va “Real” klublari qiziqish bildirishayotgandi. Pogba joriy mavsumda 39ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol kiritgan.

Top