14:30 / 24.05.2015
3892

Qirg‘iziston janubida yer ko‘chishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning janubidagi Jalolobod viloyati hududida yer ko‘chkisi yuz berishi natijasida 6 kishi halok bo‘ldi va o‘ndan ortiq kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qirg‘iziston FVV xabar qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, bu tabiiy ofat natijasida Qirjol qishlog‘idagi 5 uy vayron bo‘lgan.
Qurbon bo‘lganlar orasida 3 nafar bola ham bo‘lgani va ularning eng kichigi 4 yoshdaligi aytilmoqda.

Ayni vaqtda hodisa ro‘y bergan qishloq aholisiga zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Prezident topshirig‘i bilan bu joyga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Kubatbek Bo‘ronov hamda vitse-prezident Abdurahmon Mamataliyev yetib borgan.

Almazbek Atambayev hodisa qurbonlarining yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirgan va jabrlanuvchilar uchun 100 ming somdan yordam mablag‘i ajratilishini ma'lum qilgan.

Top