10:38 / 24.05.2015
3598

Tailand AQSh Harbiy-havo kuchlaridan Pxuket orolidagi samolyotlarini olib chiqib ketishni talab qildi

Tailand hukumati AQShdan 5 kun ichida Pxuket orolidan 20 may kuni nihoyasiga yetgan kemalar hujumiga qarshi Guardian Sea mashg‘ulotlarida ishtirok etgan AQSh Harbiy-havo kuchlari samolyotlarini va harbiy xizmatchilarini olib chiqib ketishini talab qilmoqda.

Mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng AQSh tailandlik harbiylardan Pxuketda qolishni va oroldagi aeroportdan Myanmadan Tailand bilan qo‘shni bo‘lgan musulmon davlatlarga yo‘nalayotgan roxinja elatiga mansub qochqinlar kemalarini dengizda qidirish uchun insonparvarlik operatsiyalarini o‘tkazish va ularga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish uchun baza sifatida foydalanish imkoniyatini berish haqida so‘ragan.

AQSh ushbu holat yuzasidan Tailandning barcha qurolli kuchlari qo‘mondonligining rad javobini oldi. AQShga 5 kun ichida, ya'ni jumagacha barcha samolyot va harbiy xizmatchilarni olib chiqib ketish talabi qo‘yildi.

Tailandning bunday qaror qabul qilishiga AQShning roxinja-qochqinlar bilan bog‘liq mojaroni hal qilishga muntazam aralashayotgani sabab bo‘lgan.

Top