10:41 / 25.05.2015
3082

Amerikaliklar modernizatsiyalashgan relsotron qurolini dengizda sinovdan o‘tkazishadi

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari elektr-magnit energiyasi asosida ishlovchi artilleriya quroli – relsotronni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma'lum qilindi.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari ilmiy-tadqiqot boshqarmasining ma'lum qilishcha, relsotron 2016-2017 yillarda dengizda sinovdan o‘tkaziladi.

Sinovlar paytida harbiylar 40-80 km uzoqlikdagi nishonlarni relsotrondan o‘qqa tutishadi. Relsotron tezyurar “Trenton” kemasining palubasida joylashtiriladi.

Ma'lumot uchun, relsotron snaryadlarni otish uchun elektr-magnit energiyasidan foydalanuvchi qurol hisoblanadi. AQShlik ixtirochilar snaryadning 9 ming km gacha uchishini ta'minlovchi ushbu qurolning yangi modellarini yaratishga harakat qilishmoqda.

Relsotron 2015 yilning boshida kelajak qurol-aslahalariga bag‘ishlangan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ilmiy ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Rasmiy vakillardan biri ushbu qurolni “soatiga 100 mil tezlik bilan devorlar orqali harakatlanuvchi yuk poyezdiga” qiyoslagan.

Top