08:32 / 25.05.2015
3243

Kasyanovga AQSh fuqaroligini berish bo‘yicha imzo to‘plash boshlandi

AQShda rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Mixail Kasyanovga fuqarolik berish bo‘yicha imzo to‘plash boshlandi. Bu haqdagi petitsiya Change.org portalida joylashtirildi.
Murojaatda aytilishicha, Kasyanov demokratik qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirgani, shuningdek, AQSh pozitsiyasini himoya qilgani uchun ushbu mamlakat fuqaroligini olishga haqli.
“Biz AQSh prezidenti Barak Obama va Kongress Kasyanovga AQSh fuqaroligini berish masalasini ko‘rib chiqishini talab qilamiz”, – deyiladi murojaatda.
Petitsiyani allaqachon 10 ming kishi imzoladi. Uning ko‘rib chiqilishi uchun yana 15 ming imzo talab qilinadi.

Top