17:12 / 25.05.2015
6564

Mogerini: Yevropaga kuchsiz Rossiya kerak emas

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Yevropa yopilgan, kuchsiz va beqaror Rossiyadan manfaatdor emasligini ta'kidlab o‘tdi.
“Har tomonlama yopilgan, kuchsiz va beqaror Rossiya bizning manfaatlarimizga mos emas”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Ta'kidlanishicha, Mogerini bu bayonotni Rimda bo‘lib o‘tgan Xorijiy matbuot uyushmasidagi yig‘ilishida bergan. Yig‘ilish jarayonida siyosatchi Italiya imijini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun xalqaro siyosat sohasidagi tadqiqotlar Instituti mukofoti bilan taqdirlangan.
Shuningdek, Mogerini xonim Rossiyaning inqirozlar yechimini topishdagi ishtiroki kerakli natijalarni berayotganligini qo‘shimcha qildi.

Top