10:56 / 25.05.2015
2780

Olimlar mamontlarning qirilib ketishiga sovuq emas, dahshatli virus sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda

Kanadalik olimlar bir qator tadqiqotlar natijasida mamontlar noma'lum virus tufayli qirilib ketgan bo‘lishlari mumkinligini aytishmoqda.

Olimlar eng zamonaviy qurilmalar yordamida o‘tgan asrda Alyaskada topilgan mamontlarning qoldiqlarini o‘rganib chiqishdi. Olimlarning ta'kidlashicha, olingan natijalar mamontlar Yerda havoning sovib ketishi oqibatida qirilib ketganligi haqidagi tasavvurlarni shubha ostiga qo‘ymoqda.

Olimlar qadimiy jonzotlarning qoldiqlarida kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan virusni aniqlashdi. Ularning aytishicha, bu virus mamontlarning asab tizimini falajlagan. Oqibatda falajlangan mamontlar ochlikdan o‘lib ketgan.
Endi kanadalik tadqiqotchilar bu virusning kelib chiqishini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Mahalliy aholi bu tajribalarga hadik bilan qaramoqda. Ularning fikricha, olimlar odamzodga xavf solishi mumkin bo‘lgan xavfli virusni tiriltirib yuborishlari mumkin.

Top