19:51 / 25.05.2015
6234

Putin Rossiya qurol bozorida AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda turishini ma'lum qildi

Rossiya Jahon qurol bozorida 27 foizlik ulush bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Birinchi o‘rinni esa 31 foizlik ko‘rsatkich bilan AQSh egallagan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.

Uning aytishicha, jahon qurol bozorida Rossiyaning buyurtmalar portfeli 50 mlrd dollarga o‘sgan.
"Rossiya jahon qurol bozorida ikkinchi o‘rinda mustahkam joylashgan. Harbiy texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdik", deydi Putin Rossiyaning xorij mamlakatlari bilan harbiy-texnik qurollar sohasidagi hamkorligi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Qayd qilinishicha, 2014 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy mahsulotlarni eksport qilish hajmi 15,5 mlrd dollarga oshgan.

Top