11:53 / 25.05.2015
5445

Qoraqalpog‘istonda 2014 yildan buyon 16 qiz o‘g‘irlab ketilgani aytildi

Qoraqalpog‘iston o‘tgan yili 12 nafar, bu yil esa 4 nafar qiz o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston respublikasi  xotin-qizlar ko‘mitasi raisi Zuhra Ibrohimova aytib o‘tdi.

“Odamlar orasida bu masalaga noto‘g‘ri yondashuv shakllangan, go‘yoki bu milliy urf-odat emish. Biz odamlar orasida bu odatning noto‘g‘riligi, yigit-qizlar kattaligining sovchiligidan so‘nggina o‘zaro nikoh qurishi kerakligi, bunday ikki tomon bunga rozi bo‘lishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib bormoqdamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi “Oila davrasida” gazetasi.

Top