19:25 / 25.05.2015
4476

Rossiya FMX mehnat muhojirlari oqimi barqarorlashganini ma'lum qildi

Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMX) boshlig‘i Konstantin Romodanovskiy mamlakatga mehnat muhojirlarining kelishi ko‘rsatkichlari barqaror holga qaytganini ma'lum qildi. Bu haqda TASS xabar bergan.
"Biz tegishli qonunlarni joriy qilganimizdan keyin noqonuniy muhojirlar kelishiga chek qo‘yilib, mehnat muhojirlari oqimi barqarorlashdi", deydi Romodanovskiy.
Uning aytishicha, yangi qonunlar o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Ko‘pchilik taqiqlardan qo‘rqib, qaytib kelishni istamagan.
Departamentning xorijlik fuqarolar masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari Sergey Temryakovichning aytishicha, Rossiyaga 1,35 mln xorijlikning qaytib kelishiga ruxsat berilmagan.

Top