18:41 / 25.05.2015
4706

Turkmanistonda Berdimuhamedovning oltin suvi yuritilgan otliq haykali o‘rnatildi

Turkmanistonning Ashxobod shahrida “aholi iltimosiga ko‘ra” prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ot ustida tasvirlangan oltin suvi yuritilgan haykali o‘rnatildi. Haykalning tantanali ochilish marosimi OAVda keng yoritildi.

RIA Novosti agentligining keltirilishicha, haykalda Axaltekin otiga mingan, turkman milliy liboslariga burkangan Berdimuhamedov tasvirlangan. Uning yonidan uchib o‘tayotgan kabutar ham kompozitsiyadan o‘rin olgan.

Haykal bronzadan yasalib, 24 karat zarvaraq bilan qoplangan. 21 m balandlikka ega haykal 15 m li tagkursiga o‘rnatilgan.
Turkmaniston Majlisi raisi Aqja Nurberdiyevaning ta'kidlashicha, haykal o‘rnatish haqidagi qaror parlament tomonidan qabul qilingan. Bunga asos sifatida ko‘p sonli xalq murojaatlari ko‘rsatilmoqda.

Saparmurod Niyozov davrida Turkmanistonda uning ko‘plab haykallari o‘rnatilgan edi. Ulardan kattasi Niyozovning Betaraflik arkasi ustiga o‘rnatilgan 12 m li oltin suvi yuritilgan haykali edi.
2010 yilda Berdimuhamedov ushbu Betaraflik arkasini demontaj qildirib, Ashxobod chetida 95 m li Betaraflik monumentini o‘rnatdi.

Top