22:16 / 26.05.2015
2770

Alisher Usmonovning «Metalloinvest» kompaniyasi 2015 yilda aksiyalarini sotuvga chiqarmaydi

Dunyoda temir rudasi zaxiralari hajmi bo‘yicha 2-o‘rinda turuvchi Alisher Usmonovning «Metalloinvest» kompaniyasi 2015 yilda o‘z aksiyalarini birjaga sotuvga chiqarmaydi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Andrey Varichev ma'lum qildi, deb yozmoqda TASS

“Joriy yilda kompaniya o‘z aksiyalarini sotuvga chiqarmaydi. Biroq biz qisqa muddatli istiqbolda buning amalga oshishi imkoniyatini inkor etmaymiz. Ko‘p ko‘rsatkichlar bo‘yicha biz bunga tayyormiz. Qarorni qabul qilishimiz bilan aksiyalarni yetarlicha tez sur'atda sotuvga chiqarishimiz mumkin bo‘lali”, deb aytmoqda Varichev.

Kompaniya temir rudasi baholari bo‘yicha o‘zining prognozini yangiladi. Yangi prognozga ko‘ra, temir rudasi narxi hozirgi past ko‘rsatkichda qoladi va 2023 yilda bir tonna uchun 60-70 ming dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq “Metalloinvest”ning daromadi 1,5 barobarga oshgani ma'lum qilingandi.

Top