15:28 / 26.05.2015
3257

Yevrosiyo ittifoqida ishsizlikning eng past darajasi Qozog‘istonda qayd qilindi

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar ichida Qozog‘istonda ishsizlikning eng past darajasi qayd qilindi. Mamlakatdagi iqtisodiy faol aholining 0.6 foizi yoki 56.1 ming kishi ishsiz ekanligi aytildi. Undan keyingi o‘rinda Belarus (0.9 foiz yoki 39 ming) va Rossiya (1.3 foiz yoki 1 mln) egalladi.

Bu ma'lumotlar MDH davlatlararo statistik qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi.
Shuningdek, Qirg‘izistonda ishsizlar soni 59.3 ming kishiga, Armanistonda esa 73 ming kishiga tengligi aytib o‘tildi.
Shunga qaramay, faqatgina Rossiyada ishsizlarni ta'minlashga yetadigan bo‘sh ish joylari bor (1.2 mln), boshqa davlatlarda esa ish o‘rinlari yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Top