16:44 / 26.05.2015
5840

Yevrosiyo ittifoqidagi eng baland ish haqi Qozog‘istonda qayd qilindi

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hududi bo‘yicha eng yuqori ish haqi Qozog‘istonda qayd qilindi. Mamlakatda o‘rtacha ish haqi 132.5 ming tanga yoki 713 dollarni tashkil qiladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 31.3 ming rubl yoki 629 dollarga teng.

Shuningdek, Qirg‘izistonda o‘rtacha oylik ish haqi 11 703 som/200 dollarga, Armanistonda 173.5 ming dram/363 dollarga, Belarusda esa 6.5 mln rubl/453 dollarga teng.

Oylik nafaqa to‘lovlari bo‘yicha ham Qozog‘iston birinchi o‘rinda turibdi. O‘rtacha nafaqa miqdori bu yerda 50 549 tanga yoki 272 dollarni tashkil qiladi. Qirg‘iziston bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham oxirgi o‘rinda – 4.6 ming som (78 dollar).

Top