"Real" prezidenti Florentino Peres yangi bosh murabbiy haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Agarda yangi bosh murabbiy ispan tilini bilsa yaxshi bo‘lar edi.
Men bu uchrashuv oldidan Karlo Anchelotti bilan gaplashib oldim. U haqida faqat shuni aytishim mumkinki, u haqiqiy jyentlmen va barchasini to‘g‘ri tushunmoqda.
Futbolchilar ularga Anchelotti yoqishini aytishgandi. Menda ham shunday hissiyotlar bor. Muxlislarimiz ham Karloni yaxshi ko‘radi. U bizning tariximizning bir qismi", - deydi Peres.
Eslatib o‘tamiz, "Real" qiziqish bildirayotgan murabbiylar orasida Rafael Benites, Yurgen Klopp va Unai Emeri borligi aytilgan edi. Ular orasida Benites va Emeri ispan tilida erkin so‘zlashadi.