21:15 / 26.05.2015
3204

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish xarajatlari 3 mlrd rublga qisqartiriladi

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish xarajatlari 3 mlrd rublga qisqartiriladi, deb aytilmoqda huquqiy axborot portalida joylashtirilgan Rossiya hukumatining qarorida.

Qarorga ko‘ra, xarajatlar energiya ta'minot infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun sarflanadigan xarajatlarning qisqarishi evaziga qisqartiriladi. Shu tariqa, chempionatga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish dasturini amalga oshirish xarajatlari 663 mlrd 552,6 mln rubldan 660 mlrd 627,8 mln rublgacha qisqaradi.

Ma'lumot uchun, 2018 yilgi Jahon chempionati 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha Rossiyaning 11 ta shaharida: Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov, Sochi va Yekaterinburgda o‘tkaziladi.

Top