16:29 / 26.05.2015
2239

O‘zbekistonlik kanoechilar jahon kubogida g‘olib bo‘lishdi

Germaniyaning Duysburg shahrida parakanoe bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Birinchi kun bellashuvlarida o‘zbekistonlik sportchilar 3ta medallar shodasini qo‘lga kiritishdi

Erkaklar o‘rtasidagi kvartetda O‘zbekiston vakillari 1000 metr masofada tengsiz deb topildi. Ulardan so‘ng Ukraina va Meksika terma jamoasi vakillari marraga yetib kelishdi. 

Dilnoza Rahmatova kanoedagi yakkalik bellashuvda 500 metr masofada 2.16,776 daqiqa bilan ikkinchi o‘rin egasiga aylangan bo‘lsa, juftlikda Nilufar Zokirova bilan shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. 

Top