13:19 / 26.05.2015
3579

Samarqandda yog‘och qoshiqlar muzeyi ochildi

Samarqandlik yozuvchi va publitsist Nusrat Rahmatning yog‘och qoshiqlar muzeyi ochildi. Muzey uning Ko‘tarma qishlog‘idagi uyida joylashgan. Ma'lum qilinishicha, u yerda yozuvchi tomonidan yarim asr mobaynida to‘plangan turli xalqlarga mansub 200 dona yog‘och qoshiq to‘plangan.
Ta'kidlanishicha, Nusrat Rahmat yog‘och qoshiqlar to‘plashni o‘ziga xos xobbiga aylantirgan. Shu bois, qayerda bo‘lmasin, turli shakldagi yog‘och qoshiqlarni to‘plab borgan. Muzey to‘plamidan o‘rin olgan qoshiqlardan biri unga Chingiz Aytmatov tomonidan sovg‘a qilingan.

Top