17:37 / 26.05.2015
3686

Tyumenda o‘zbekistonlik qallob qo‘lga olindi

Rossiyaning Tyumen shahrida o‘zbekistonlik 59 yoshli Nazirjon Hakimov qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, u 6 yildan buyon O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan qidirib kelingan. U Samarqand-Buxoro-Ashxobod yo‘lidagi 21 km li uchastkani ta'mirlashga ajratilgan 20 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangan.
Rossiya bosh prokuraturasi tez kunda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish yuzasidan qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Top