08:12 / 27.05.2015
2280

Buyuk Britaniya hayvonot bog‘idagi orangutanglar selfi olishni "o‘rganishdi"

Buyuk Britaniyaning Blekpul (Lankashir grafligi) shahri hayvonot bog‘ida saqlanadigan ikki orangutang videokamera bilan foydalanishni va selfi tarzida suratga tushishni o‘rganib olishdi.

Maymunlarga #ORANGSELFIE tadbiri doirasida portativ kamera taqdim qilindi. Bu tadbirda hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilarga orangutanglar bilan birga suratga tushish imkoniyati taqdim etiladi.

Jonzotlar qafasida kamera paydo bo‘lgandan Sammer va Cherri laqabli ikkita urg‘ochi orangutang kamerani 2 daqiqa davomida o‘zlariga yo‘naltirib, o‘zlari selfi tarzida videoga oldi.

Hayvonot bog‘i xodimlari kamerani maymunlardan faqatgina banan evaziga ortga qaytib olishga muvaffaq bo‘lishdi. “Bizga dunyodagi eng kuchli va aqlli maymunlardan biriga kamera berilsa, nima bo‘lishini ko‘rish qiziq bo‘ldi”, deb aytilmoqda hayvonot bog‘i saytida.

Top