15:55 / 27.05.2015
2661

FIFA: "Rossiya va Qatardan JCh mezbonligi qaytarib olinmaydi"

FIFAning jamoatchilik bilan ishlash direktori Valter de Gregorio o‘tkazilgan maxsus matbuot anjumanida 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlari avval belgilanganidek Rossiya va Qatarda bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.

Uning ma'lum qilishicha, ushbu JCh mezbonligini aniqlashda ishtirok etganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganiga qaramay, Rossiya va Qatardan musobaqa mezbonligi tortib olinmaydi.

"2018 va 2022 yillardagi jahon chempionati mezbonligi uchun ovoz berish qaytadan o‘tkazilmaydi. Musobaqalar aval belgilanganidek Rossiya va Qatarda bo‘lib o‘tadi", - deydi de Gregorio.

Top