17:30 / 27.05.2015
3685

Inxa universiteti onlayn tarzda ingliz tilidan imtihon topshirish imkonini yaratdi

Yurtimizdagi xorijiy universitetlarning filiallarida o‘qish uchun abituriyentlar kirish imtihonlarini ingliz tilida topshirishadi. Imtihonlardan o‘tish uchun esa albatta ingliz tilida puxta bilimga ega bo‘lishlari lozim. Buning ko‘rsatkichi - IELTS tizimi bo‘yicha kamida 5.0 ball to‘plaganligi to‘g‘risida guvohnomadir. Ammo, IELTS tizimi bo‘yicha guvohnoma olishga ulgurmaganlar qayerga murojaat qilishlari mumkin? Bunday abituriyentlar uchun Inxa universiteti rahbariyati tomonidan ajoyib imkoniyat yaratildi. Endilikda mazkur abituriyentlar onlayn tarzda www.inha.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Mazkur jarayon bilan sayt orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tganlar ingliz tilidan imtihon topshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Hujjatlarni sayt orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2015 yilning 26 iyuniga qadar davom etadi. Vaqt bor, ammo ro‘yxatdan o‘tishni so‘nggi kunga qadar cho‘zib yurmang!

Eslatib o‘tamiz, Universitetga kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 nafar talabalar universitet muassislari tomonidan ajratilgan grantlar asosida bepul o‘qish huquqini qo‘lga kiritishadi. Shuningdek, o‘quv semestri yakunlari bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan yana 10 nafar talabalar keyingi semestrda bepul o‘qish huquqini qo‘lga kiritishadi. 2015/2016 o‘quv yilida 120 nafar kompyuter injiniringi, hamda 130 nafar dasturiy injiniring yo‘nalishlarida, jami 250 nafar iqtidorli o‘g‘il-qizlarni o‘qishga qabul qilish rejalashtirilgan.

Top