08:51 / 27.05.2015
5220

Keniyalik huquqshunos Obamaning qizi uchun qo‘y-qo‘zi qalin qilishini aytdi

Keniyalik huquqshunos Feliks Kiprono Maliya Obama bilan turmush qurmoqchi ekanligini, buning uchun qalin tariqasida 70 bosh qo‘y, 50 bosh sigir va 30 bosh echki berishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda The Washington Times gazetasi yozmoqda.

Mahalliy gazetaga bergan intervyusida Kiprono iyul oyida AQSh prezidenti bilan uning Keniyaga tashrifi doirasida uchrashib, ushbu masalani hal qilish niyati borligini ma'lum qildi.

Huquqshunoslikning ta'kidlashicha, u boylik va shuhrat ketidan quvayotgani yo‘q, shunchaki Maliya bilan oddiy hayot kechirishni istaydi.

Top