11:37 / 27.05.2015
4356

Kira Naytli ilk farzandini dunyoga keltirdi

Britaniyalik aktrisa Kira Naytli ona bo‘ldi. Bu haqda People va US Weekly nashrlari xabar tarqatdi.

Lekin bu xabarni aktrisaning o‘zi va uning turmush o‘rtog‘i Jyeyms Rayton rasman tasdiqlamagan.

People nashrida qayd etilishicha, o‘tgan yilning dekabrida Kira Naytlining homiladorligi ma'lum bo‘lgan edi.

Naytli va musiqachi Rayton 2013 yilning may oyida Fransiyada nikohdan o‘tishgandi.

Top