16:07 / 27.05.2015
2884

Misr Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo hududini tashkil qilish uchun ariza yubordi

Rossiya Savdo-sanoat vaziri Denis Manturov Misr Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo hududini tashkil qilish uchun ariza yuborganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Manturov Rossiya bu arizaning nusxasini olganini va bu masalani hal qilishda ko‘mak berishini ta'kidlab o‘tdi.

“Misr tomonidan shunday rasmiy ariza qabul qilindi. Biz parallel ravishda bu arizani o‘rganib, o‘z tomonimizdan kerakli ko‘mak ko‘rsatish uchun uning nusxasini oldik. Biz bundan manfaatdormiz”, deb aytdi Manturov “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida.

Top