14:39 / 27.05.2015
4625

O‘zbekiston Prezidenti «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Gazeta.uz nashri xabar bergan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 26 mart kuni qabul qilingan va Senat tomonidan 15 may kuni ma'qullangan hujjat olti oydan keyin «Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi qonunning o‘rniga kuchga kiradi.

Yangi qonun amaldagisidan farqli ravishda barcha tashuvchilarga yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i, mulkiga yetishi mumkin bo‘lgan zarar bo‘yicha fuqarolik javobgarligini tashuv xizmati ko‘rsatilishi boshlanishgacha sug‘urta qilish majburiyatini yuklaydi.

Top