13:03 / 27.05.2015
4181

O‘zbekistonga olib ketilayotgan minglab tonna quruq sut va sariyog‘ mahsuloti Rossiya chegarasidan o‘tkazilmadi

Bryansk viloyati bo‘yicha Rosselxoznadzor boshqarmasi xodimlari O‘zbekistonga olib ketilayotgan “Roshen” kompaniyasining Vinnitsadagi (Ukraina) sut zavodida ishlab chiqarilgan yog‘sizlantirilgan quruq sut va shirin sariyog‘ mahsulotini Rossiya hududidan o‘tkazishga ruxsat bermadi, deb xabar bermoqda Bryansk viloyati bo‘yicha Rosselxoznadzor boshqarmasi matbuot xizmati.

“Bryansk va Smolensk viloyatlari bo‘yicha Rosselxoznadzor boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat paytida ularga taqdim qilingan veterinar ma'lumotnomada ma'lumotlar to‘liq berilmagan hamda qonunchilikda o‘rnatilgan talablar bo‘yicha to‘lg‘azilmaganligi aniqlandi”, deyilmoqda xabarda.

Shu tariqa, O‘zbekistonga olib kelinishi kerak bo‘lgan 20 tonna oziq-ovqat mahsuloti orqaga qaytarib yuborildi.

Top