07:31 / 27.05.2015
4898

Polshaning yangi prezidenti Anjyey Duda Poroshenko bilan uchrashuvini bekor qildi

Polshaning yangi prezidenti Anjyey Duda ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan uchrasha olmasligi ma'lum bo‘ldi

Dudaning mulozimlaridan biri bergan ma'lumotga ko‘ra, Polshaning yangi prezidenti juda band bo‘lgani sababli bu uchrashuvni bekor qilgan. U hali ham Yevroparlament deputati bo‘lib qolmoqda va shu sababli Yevroparlamentning Bryusseldagi yig‘ilishiga borishi ehtimoli mavjud.

Avvalroq Duda bilan Poroshenko 27 mayda uchrashishi ma'lum qilingandi va bu Dudaning prezident lavozimini egallagandan keyingi birinchi xalqaro uchrashuvi bo‘lishi aytilgandi. Endi Poroshenko Polshaga safari davomida o‘z lavozimidan ketayotgan, endilikda sobiq prezident hisoblanadigan Bronislav Komorovskiy bilan uchrashadi.

Top