19:19 / 27.05.2015
3378

Rossiya sport vaziri FIFA ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq berishga chaqirildi
Ma'lum bo‘lishicha, Mutko FIFA ijroiya qo‘mitasining Shveytsariyada so‘roq qilingan 10 nafar a'zosidan biri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun AQSh sudi FIFAning 9 nafar mansabdor shaxsiga hamda tashkilot faoliyati bilan bog‘liq 5 kompaniya rahbarlariga nisbatan ayblov hukmlarini e'lon qildi. Shu hukmning ijrosi doirasida Shveytsariyada FIFA va KONKAKAFning bir qancha amaldorlari hibsga olindi. Bundan tashqari, politsiya 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlari o‘tkaziladigan davlatlarni tanlash jarayonidan pul ishlashda gumon qilinayotgan bir guruh shaxslar ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Top