12:38 / 27.05.2015
2606

"Vympelkom" va MTS o‘z mijozlari haqidagi ma'lumotlarni banklarga sotishni rejalashtirmoqda

Rossiyada "Vympelkom" va MTS mobil tarmoqlari yangi loyihani joriy qilmoqda. Unga ko‘ra, mobil tarmoqlar o‘z mijozlari haqidagi ma'lumotlarni banklarga mijozlarning salohiyatini baholash uchun taqdim qiladi.

Ushbu sinov loyihasida 20ta bank ishtirok etadi. MTS tomonidan ma'lum qilinishicha, shunday loyiha ishlab chiqilgan va hozirda bu loyiha texnik yechim bosqichida turibdi.

Qayd etish kerakki, "Megafon" 2013 yildayoq o‘z mijozlari haqidagi ma'lumotlardan foydalanishni boshlagan, lekin bu ma'lumotlar kompaniyaning xizmatlarini optimallashtirish maqsadida o‘tkaziladigan suhbatlar uchun foydalaniladi.

"Vympelkom" va MTS mijozlar haqidagi aynan qanday ma'lumotlardan foydalanilishini oshkor qilmagan. Nashrlarda yozilishicha, bunday ma'lumotlar sirasiga mijozlarning to‘lovlari, manzillari, sayohatga chiqish grafiklarini kiritish mumkin.

Top