19:27 / 28.05.2015
3131

24 yil ichida Qozog‘istonga boshqa davlatlardan qariyb 1 mln qozoq ko‘chib keldi

1991 yildan bugunga qadar Qozog‘istonga boshqa davlatlardan 259 539 qozoq oilasi yoki 953 908 kishi ko‘chib keldi. Ular bugungi Qozog‘iston aholisining 5.5 foizini tashkil qiladi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlashtirilishicha, ularning aksariyati (61.5 foizi) O‘zbekistondan tashrif buyurgan. Qolganlari Xitoydan (14.3 foiz), Mo‘g‘ulistondan (9.3 foiz), Turkmanistondan (6.8 foiz), Rossiyadan (3.5) va boshqa davlatlardan (3.5 foiz) kelgan.
Yangi ko‘chib kelganlarning ko‘pchiligi Janubiy Qozog‘iston, Olma-Ota, Mang‘ishloq va Jambul viloyatlariga joylashgan. Ularning 55.6 foizi mehnatga layoqatli yoshda. 18 yoshgacha bo‘lganlar 39.9 foizni, nafaqaxo‘rlar 4.5 foizni tashkil qiladi.

Top