14:16 / 28.05.2015
1755

Visa FIFA bilan homiylik shartnomasini qayta ko‘rib chiqmoqchi

Visa Xalqaro to‘lov tizimi FIFA bilan hamkorlik masalasini qayta ko‘rib chiqmoqchi. FIFAdagi korrupsiya bilan bog‘liq mashmashalar bunga sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

"Biz FIFAda bo‘lib o‘tgan hodisalardan juda tashvishdamiz. Tashkilotning homiysi sifatida FIFA ushbu mojaroni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilishiga umid qilamiz.

FIFAda o‘zgarishlar boshlanayotgani juda muhim. Bu narsa kelajak uchun foydali. Agar islohotlar bo‘lmas ekan, biz homiylikni to‘xtatishga majbur bo‘lamiz", - deyiladi bayonotda.

Top