12:17 / 28.05.2015
2453

Jizzaxda kollejning isitish qozonlarini sotib yurgan direktor sudlandi

Jizzaxning Zarbdor tumanidagi kasb-hunar kollejlaridan birining direktori A. Hasanov davlat mulkini o‘zlashtirishda ayblanib, jazoga tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, A. Hasanov 2013-2014 yillarda direktorlik lavozimida o‘tirgan. Shu yillar ichida u o‘qituvchilarga majburiy ravishda to‘lov qaydnomalariga imzo qo‘ydirib, 2 mln so‘mdan ortiq ish haqlarini o‘zlashtirgan.
Shuningdek, u kollej ixtiyoridagi 2ta isitish qozonini 10 million so‘mga noma'lum shaxslarga sotib yuborgan.
Sud qarori bilan sobiq direktorga tegishli jazo tayinlandi.

Top