09:50 / 29.05.2015
2997

Blatter o‘z lavozimiga qayta saylanishi aytilmoqda

FIFA tashkilotidagi manbaga asoslanib xabar berilishicha, Yozef Blatter bugun bo‘lib o‘tadigan saylovdan keyin o‘z o‘rnida qoladi.

"Blatter FIFA prezidentligiga qayta saylanadi. Ovoz berish yakunida unga 120-130 ovoz berilgan bo‘ladi", deyilada manbada.

29 may kuni oqshomida dunyodagi mamlakatlarning futbol federatsiyalari rahbarlari FIFA prezidentligi uchun ovoz berishadi. Bu saylovda amaldagi prezident Yozef Blatter hamda vitse-prezident Ali ibn al-Husayn o‘zaro kurash olib borishadi.

Top