21:31 / 29.05.2015
2712

Londonning eng kambag‘al qismi Uels va Shimoliy Irlandliyaning eng to‘q tumanlaridan boyroq ekanligi ma'lum bo‘ldi

Londonning eng kambag‘al qismi Uels va Shimoliy Irlandiyaning eng ta'minlangan tumanlaridan boyroq ekanligi ma'lum bo‘ldi, deb milliy statistika boshqarmasi bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda yozmoqda The Independent nashri. Ta'kidlanishicha, bunday xulosa britaniyalik uy xo‘jaliklarining sof daromadi haqidagi ma'lumotlar asosida chiqarilgan.

Statistika bo‘yicha, Londonning Barking, Dagenem va Xavering tumanlari eng kambag‘al tumanlar hisoblanadi, bu yerda aholi jon boshiga o‘rtacha sof daromad yiliga 16,8 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Bu Buyuk Britaniya poytaxtining o‘ziga to‘q tumanlaridagi ko‘rsatkichdan 2,5 barobar kamroqni tashkil qiladi.

Pouis Uelsning eng boy tumani deb topilgan, bu yerda o‘rtacha yillik sof daromad 16,7 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Shimoliy Irlandiyaning eng boy tumani deb Tashqi Belfast topilgan, bu yerda o‘rtacha yillik sof daromad 15,2 ming funt sterlingni tashkil qiladi.

Londonning eng ta'minlangan uy xo‘jaliklari Vestminsterda ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu yerda o‘rtacha yillik sof daromad 43,6 ming funt sterlingni tashkil qiladi.

Nashrning ta'kidlashicha, Londondagi yuqori darajadagi o‘rtacha yillik sof daromad qayd qilingan tumanlarning hamma aholisi yoki ko‘pchiligi ham o‘ziga to‘q odamlar ekanligini anglatmaydi.

Top