15:17 / 29.05.2015
3972

MDH davlatlari hukumat rahbarlarining Qozog‘istondagi yig‘ilishida iqtisodiy sohada harakat rejasi qabul qilindi

29 may kuni Qozog‘istonning Burubay shahrida MDHga a'zo davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida moliyaviy-iqtisodiy sohadagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan reja tasdiqlandi. Shuningdek xalqaro yuk tashishda transport havfsizligini ta'minlash borasida strategiya imzolangan.

Hujjat o‘z ichiga MDH doirasida 2020 yilgacha innovatsion dasturni hamkorlikda amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, 2020 yilga qadar MDH davlatlarining mintaqaviy va chegaraviy hamkoriligi konsepsiyasi ko‘rib chiqilmoqda. Bandlardan birida 2025 yilga qadar o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmon sanoati doirasidagi hamkorlikni o‘z ichiga olgan.

Shuningdek hujjatlarda radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik tizim ustidan nazorat o‘rnatish, MDH davlatlarida bo‘luvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqida yagona axborot makoni doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Yig‘ilishda Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov, Armaniston bosh vaziri Ovik Abraamyan, Belarus bosh vaziri Andrey Kobyakov, Kirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev, Moldova bosh vaziri Kirill Gaburich, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Tojikiston bosh vaziri Koxir Rasulzoda ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, Ozarboyjon va Turkmanistondan esa bosh vazirlarning o‘rinbosarlari qatnashmoqda. 

Yig‘ilishda jami 20ta hujjat muhokama etiladi. Keyingi Hamdo‘stlik davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi shu yilning 30 oktabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tadi.

Top