16:41 / 29.05.2015
6004

Onlayn-yangiliklar: FIFA prezidentligi saylovi

Bugun FIFA prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tmoqda. Unda ushbu lavozimni 1998 yildan buyon egallab kelayotgan Zepp Blatter hamda Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Huseyn nomzodlari keltirilgan.

Oxirgi bo‘lib Zambiya vakili ovoz berdi. Birinchi tur o‘z nihoyasiga yetdi. 


Ovoz berish jarayonidan suratlar.

Ovoz beruvchi davlatlar alifbo tartibida chaqirilmoqda. 


20:46 – Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron FIFA prezidenti Yozef Blatter oxirgi korruptsion janjallar tufayli o‘z lavozimidan ketishi lozimligini aytmoqda.


20:22 – Yozef Blatter: "Futbolga kuchli, tajribali yetakchi kerak. U homiylar hamda siyosiy hamkorlar bilan qanday ishlash kerak ekanini bilishi lozim. Men sizlar bilan birgalikda olg‘a harakat qilmoqchiman".


19:58 – The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda ma'lum qilishicha, birinchi tur natijalariga ko‘ra, Blatter 119ta, Ali bin Al-Huseyn 48ta, yana 42ta ovoz hozircha so‘roq ostida turibdi. 


19:30 – "Agarda FIFA a'zolarini futbol taqdiri qiziqtirsa, ular uzoq muddat poraxo‘rlik avj olgan tashkilotga rahbarlik qilgan insondan qutilish kerak", – deb yozdi o‘zining tvitter sahifasida Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker. 


19:00 – Falastin Isroilni FIFAdan chetlashishni taklif qildi. Biroq sal o‘tib bu taklifni rad etdi. 


18:47  FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zosi Germaniya 2006 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazish huquqini noqonuniy yo‘l bilan olganini ma'lum qildi.


18:28 – FIFA: Biz rostdan ham portlash xavfi haqida xabar oldik. Bu ma'lumotni tekshirish zarar qilmaydi deb o‘yladik, shu sababli binodagi odamlar evakuatsiya qilindi. Hozir hammasi joyida. Shu sababli kongressni davom ettirish mumkin. 


18:03 – Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Zepp Blatter o‘z lavozimidan ketishi tarafdori ekanini ma'lum qildi: "Bu voqea qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi".


17:45 – Politsiya Tsyurixdagi FIFA kongressida portlash xavfi borligi haqida xabar oldi, deb xabar bermoqda WorldBulletin.

Politsiya kotibi Marko Kortezi bu xabarni tasdiqladi. 


Avvalroq, FIFAning poraxo‘rlikda ayblanganlarning to‘liq ro‘yxati tuzilgani, hibsga olinganlardan 4 nafari o‘z aybiga iqror bo‘lgani, shuningdek, 11 nafar istalgan futbol faoliyatidan chetlatilgani haqida ma'lum qilingan edi. 

Top