09:31 / 29.05.2015
2212

O‘zbekistonga Tailand delegatsiyasi tashrif buyurdi

O‘zbekistonga Tailand Qirolligining investitsiyalar bo‘yicha kengashining xorijda Tailand investitsiyalariga ko‘mak berish bo‘limi ijrochi direktori Chollada Arirajjakul boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Arirajjakulga Tailand vazirliklari va boshqarmalari vakillari, tailandlik tadbirkorlar hamrohlik qildi.

Tailand delegatsiyasi tashrifi doirasida O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklarida, Savdo-Sanoat palatasi va turli kompaniyalarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

Delegatsiyaning tashrifidan maqsad respublikamiz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini va iqtisodiyotimizga Tailand investtsiyalarining kiritilishi masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Ayni vaqtda tailandlik tadbirkorlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritishni rejalashtirmoqda va ular ushbu tashrif doirasida respublikamizning investitsion imkoniyatlari haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tailand delegatsiyasi rahbari Chollada Arirajjakulning aytishicha, tog‘-kon va neft-kimyo sanoatlari, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, muqobil energetika sohalari hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Shuningdek, sayyohlik sohasida ham aloqalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Top