20:07 / 29.05.2015
5959

Toshkentda bir davrda yashagan dinozavrlar va sut emizuvchilarning izlari topildi

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi geologiya va geofizika instituti xodimlari bir davrda yashagan dinozavrlar va sut emizuvchilarning izlarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ta'kidlanishicha, suv yo‘lida ular dinozavrlarga xos uch barmoqli oyoq izlaridan tashqari, juft tuyoqlilar va mushuksimonlar oilasiga mansub yirik yirtqichlarning izlarini ham qayd qilganlar.
Institut xodimi, geologo-mineralogiya fanlari nomzodi Aleksandr Goncharning ta'kidlashicha, aniqlangan barcha izlar bitta geologik davr – paleogenga to‘g‘ri keladi. Umumtarqalgan gipotezaga ko‘ra, sut emizuvchilar faqatgina dinozavrlar qirilib ketgan keyingina tarqalgan. Endilikda, o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning kashfiyotidan so‘ng, asteroidning tushishi barcha dinozavrlarning halokatiga olib kelmagani haqida gapirish mumkin.


Topilmalar bo‘yicha dastlabki ma'lumotlar o‘tgan yili “Geologiya va mineralogiya resurslari” jurnalida chop etilgan edi. Yangi ma'lumotlar esa may oyida bo‘lib o‘tgan “Geologiya, geofizika va metallogeniyaning dolzarb masalalari” mavzuidagi konferensiyada oshkor etildi. Tadqiqot natijalari O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti va “O‘zbekturizm” milliy agentligini qiziqtirib qo‘ygani xabar qilinmoqda.

Top