08:10 / 29.05.2015
1845

Unai Emerining agenti «Manchester Siti» bilan aloqaga chiqdi

"Sevilya" bosh murabbiyi Unai Emeriga Angliyaning «Manchester Siti» klubi qiziqish bildirmoqda.

«Shaharliklar» jamoa bosh murabbiyi Manuel Pellegrinining kelajagi borasida bir qarorga kelmagan, lekin, klub direktori Chiki Begiristayn Emerining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorjye Mendesh bilan aloqaga chiqib ulgurdi.

Qayd etish joiz, 43 yoshli Unai Emeri so‘nggi ikki mavsum davomida «Sevilya» bilan ketma-ket ikki marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi.

AS nashri ma'lumotlariga ko‘ra, agar Emeri «Sevilya»ni tark etadigan bo‘lsa, jamoada Xavi Grasia, Fran Eskriba yoki Kike Sanches Flores bosh murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.

Top