23:00 / 29.05.2015
5348

Zepp Blatter FIFA prezidentligiga qayta saylandi

Xalqaro futbol assotsiatsiyasining amaldagi prezidenti Yozef Blatter Tsyurixda bo‘lib o‘tgan FIFA kongressida beshinchi bor qayta saylandi.

1998 yildan buyon FIFA prezidenti lavozimini egallab kelayotgan Blatterning yagona raqibi Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husseyn bo‘ldi.

Birinchi turda ovozlarning 2/3 qismini hech qaysi nomzod qo‘lga kiritmagani sababli, g‘olibni aniqlash uchun ikkinchi turni o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Birinchi tur natijalariga ko‘ra Blatterga 133 nafar ishtirokchi ovoz bergan bo‘lsa, Al-Husseyn 73ta ovoz to‘pladi. Shuningdek, 3ta byulleten bekor qilindi. Blatterga birinchi turda g‘alaba qozonish uchun 7ta ovoz yetmadi.

Birinchi tur natijalari e'lon qilinganidan so‘ng, Al-Husseyn o‘z nomzodini FIFA prezidentligi saylovidan olib tashladi. Shu sababli Blatter g‘olib deb topildi. 

 

Top