16:28 / 30.05.2015
5396

89 nafar yevropalik siyosatchiga Rossiyaga kirish taqiqlab qo‘yildi

Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi yangi javob sanksiyalari kiritmoqda. 89 nafar Yevropa siyosatchisiga Rossiya hududiga kirish taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda Finlyandiyaning Yle teleradiokompaniyasi Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutten bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda ushbu “nomaqbul” shaxslar ro‘yxatini chop etgan. “Qora ro‘yxat”ga Yevropa Ittifoqi davlatlarining sobiq bosh vazirlari, tashqi ishlar vazirlari, yevrodeputatlar va razvedka xodimlari kiritilgan. Ruttenning aytishicha, Rossiya ushbu ro‘yxatni Yevropa Ittifoqi davlatlari elchixonalariga yuborgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi chop etilgan ro‘yxatning haqiqiyligini tasdiqlamagan.
O‘tgan haftada Moskvaga Germaniya parlamenti deputati Karl-Georg Velman kiritilmagan. Deputat Moskvaga kelgachgina, unga 2019 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlanganidan xabar topgan. Shuningdek, Germaniya nomidan Yevroparlamentda a'zolik qiluvchi Rebekka Xarms va Konrad Adenauer jamg‘armasi xodimi Tomas Shnayder ham Rossiyaga kiritilmagan. Ular ham bundan Moskvaga kelgach xabar topishgan.

Top