14:01 / 30.05.2015
3391

Odil Ahmedov: «Barselona» yoki «Real»da o‘ynashga hali tayyor emasman

"Rossiyaning "Krasnodar" klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov "Sport Ekspress" nashriga bergan intervyusida "Barselona" yoki "Real"ga o‘tishi yuzasidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Mavsumdagi eng yaxshi o‘yinim "Spartak" ustidan g‘alaba qozongan uchrashuvimiz bo‘ldi. O‘shanda men gol urgan edim.

Ochig‘ini aytganda, ayni paytda "Real" yoki "Barselona"da o‘ynashga tayyor emasman. Ammo kuchli chempionatlarda o‘zimni sinab ko‘rish istagi bor. Umid qilamanki, bunga ulguraman.

"Arsenal"? 2011 yilda qiziqish bo‘lgan, biroq ular men bilan aloqaga chiqqanida "Anji" bilan kelishib bo‘lgan edim. Agentim bilan muzokara olib borishdi, biroq kelisha olishmadi. Endi esa ular meni kuzatmay qo‘yishgan", – deydi Ahmedov.

Top