17:58 / 30.05.2015
3227

Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov jamoalari Yevropa Ligasiga yo‘l oldi

Rossiya chempionati 30-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda "Krasnodar" mehmonda "Dinamo" bilan durang natija qayd qildi, TsSKA esa so‘nggi daqiqalarda "Rostov"ga to‘p urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Shu tariqa, u Chempionlar Ligasi saralashida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Krasnodar esa turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni boy berib, Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
"Lokomotiv" mehmonda "Zenit"ga imkoniyatni boy berdi (0:1), ammo Vitaliy Denisov jamoasi Rossiya Kubogini qo‘lga kiritgani bois Yevropa Ligasiga yo‘l oldi.

Rossiya chempionati 30-tur.


Zenit – Lokomotiv 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 61 Rondon.

Zenit – Malafeyev (Baburin, 87), Netu, Smolnikov, Lomberts, Krishito, Vittsel, Garsiya, Ryazantsev (Yevseyev, 79), Shatov (Fayzulin, 66), Danni, Rondon.

Lokomotiv – Gilerme, Chorluka, Logashov (Yanbayev, 51), Denisov, Peychinovich, Shishkin, Tarasov, Samedov, Miranchuk (Maykon, 70), Kasayev, Shkuletich (Tigorev, 59).

Ogohlantirishlar: Danni (54), Garsiya (54), Lomberts (67), Rondon (75), Tigorev (83).

Chetlatish: Tarasov (54).

 

Dinamo – Krasnodar 1:1

Gollar: 1:0 – 16 Djudjak, 1:1 – 20 Shirokov.

Dinamo – Gabulov, Duglas, Rotenberg, Samba, Jirkov, Djudjak (Kuzmin, 67), Zobnin, Valbuena, Ionov, Venker, Kurani.

Krasnodar –Dikan, Petrov, Grankvist, Sigurdsson, Kaleshin, Shirokov, Axmedov (Bystrov, 82), Pereyra, Gazinskiy, Mamayev (Izmaylov, 82), Vanderson (Ari, 71).

Ogohlantirishlar: Kurani (29), Gabulov (78), Rotenberg (89), Izmaylov (90).

 

Rostov – TsSKA 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 45, penalti Dyakov, 1:1 – 88 Vernblum.

Rostov – Pletikosa, Bashtush, Bordachev, Dyakov, Milich, Kanga (Rebko, 52), Kalachev, Torbinskiy, Gatskan, Grigorev (Dzyuba, 73), Buxarov (Yu Ben Su, 81).

TsSKA –Akinfeyev, Nababkin (Milanov, 66), Fernandes, Ignashevich, Berezutskiy, Vernblum, Natxo, Musa (Strannberg, 71), Yeremenko, Dzagoyev, Toshich.

Ogohlantirishlar: Kanga (43), Ignashevich (45), Natxo (85).

Top