20:08 / 30.05.2015
2260

O‘rta Yer dengizida bir kun ichida 4 ming muhojir qutqarildi

Bir kun ichida o‘tkazilgan 22 qutqaruv amaliyotlari davomida O‘rta Yer dengizida 4 mingdan ortiq muhojir qutqarildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Qutqarilgan muhojirlarning umumiy soni 4 243 kishini tashkil qildi. Ularning bari Italiya port shaharlariga yetkazib berildi. Qutqaruv amaliyotlari Italiya va Germaniya yuk kemalari tomonidan o‘tkazildi.

Top