10:20 / 30.05.2015
1759

Pentagon rahbari feysbukda o‘z sahifasini ochdi

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi, deb xabar bermoqda Pentagon matbuot xizmati.

“Salom, men Eshman, mudofaa vaziri. Men bu sahifani mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganimdan 100 kundan keyin ochdim, endi men bizning odamlarimiz amalga oshirayotgan buyuk ishlardan sizni voqif etishim mumkin va biz siz bilan kelajak kuchi haqida suhbatlashimiz mumkin. Keling, muhokamani boshlaymiz”, deb ilk bor xabar qoldirdi Karter o‘z sahifasida.

Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama tvitterda o‘z sahifasini ochgan edi. Obama sahifasi rekord darajadagi vaqt ichida 1 mln obunachi yig‘ib, Ginness rekordlar kitobidan joy oldi.

Top