07:32 / 30.05.2015
1872

Poroshenko ma'muriyati Saakashvili Odessaga gubernator etib tayinlanishi mumkinligini tasdiqladi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning “Inter” telekanalida “Chernoye zerkalo” teleko‘rsatuvi efirida Pyotr Poroshenko ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Valeriy Chaliy aytib o‘tdi.

“Vazirlar mahkamasidan prezidentga shunday taklif bildirilgan”, deb aytdi Chaliy.

Chaliyning aytishicha, bu masala bo‘yicha yakuniy qaror Poroshenko tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

“Mening fikrimcha, prezident shunday qaror qabul qiladi. Agar mendan ma'muriyat vakili sifatida emas, balki prognoz beruvchi tahlilchi sifatida so‘rashganda, Saakashvilining gubernator bo‘lishi ehtimoli 99 foiz ekanligini aytgan bo‘lardim”, demoqda Chaliy.

Avvalroq Saakashvili Odessa viloyati gubernatori etib tayinlangani ma'lum qilingandi.

Top